AQŞ Milliy xavfsizlik agentligi va MRB sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiya uni AQŞga topşiriş masalasini muhokama qilayotganiga doir xabarlarga öz munosabatini bildirdi. Uning sözlariga köra, Rossiyaning uni prezident Donald Trampga "hadya" qilmoqçi ekani, Snoudenning RF razvedkasi bilan umuman aloqasi bölmaganini tasdiqlaydi. Bu haqda u Twitter mikroblogida ma'lum qilgan.

"Nihoyat: mening Rossiya razvedkasi uçun heç qaçon işlamaganimni tasdiqlaydigan dalil. Heç bir mamlakat öz ayğoqçilarini topşirmaydi, çunki boşqalar (ayğoqçilar) özlarini navbatdagi deb tuşunişadi", - deb yozgan Snouden.

Avvalroq, NBC telekanali tarqatgan xabarga köra, AQŞ razvedkasi Rossiya maxsus xizmatlari MRB sobiq xodimi Edvard Snoudenni prezident Donald Trampga "hadya qiliş" masalasini körib çiqayotgani haqida ma'lumotlarga egaligini ta'kidlagan. 

Eslatib ötamiz, Snouden – MXAning sobiq tahlilçisi bölib, 2013 yilda Amerika maxsus xizmatlarining elektron ta'qiblarini ommaga oşkor qilgan edi. Xususan, uning qilmişlari natijasida xorijiy davlat rahbarlarining telefon suhbatlari noqonuniy ravişda tinglangani ma'lum bölgandi. Snouden AQŞ hukumati ta'qibidan qoçib, 20dan ortiq mamlakat hukumatiga boşpana sörab murojaat qilgan. Rossiya şular jumlasidan böldi. 2014 yil 1 avgustida RFning uç yillik yaşaş va işlaşga ruxsat beruvçi guvohnomasini oldi. Şundan buyon Rossiyada istiqomat qiladi. 

AQŞ Snoudenni josuslik böyiça ikkita moddani buzganlikda ayblaydi. Ularning har biri uçun Edvardga 10 yillik jazo çorasi qöllanilişi mumkin. AQŞ ma'muriyati Snoudenni xoin deb hisoblaydi va uni afv etişni istamaydi. U Amerika milliy xavfsizligi manfaatlariga katta zarar yetkazgan.