Turkiya Qurolli kuçlari Boş ştabi ma'lum qilişiça, rossiyalik harbiylar hodisa röy berişidan bir kun oldin Suriyadagi turkiyalik harbiylar qaysi nuqtada bölgani haqida xabardor qilingandi. Bu haqda Boş ştab tarqatmasida aytilgan.

"9 fevral kuni Rossiya samolyotlari aviazarbasiga uçragan harbiylarimiz keyingi 10 kun davomida şu nuqtada bölib turgandi. Oxirgi marta 8 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi nazoratida bölgan hududdan raketa uçib kelgaç, mahalliy vaqt bilan soat 23:11da bizning harbiylarimiz turgan hudud koordinatalari Xmeymimdagilarga ma'lum qilingandi. Xuddi şu vaqtda RFning Anqaradagi harbiy attaşesi Boş ştab qarorgohiga çaqirilib, unga ham bu ma'lumotlar qayta ma'lum qilingandi", - deyilgan bayonotda.

"Afsuski, bizning harbiylarimiz Turkiya tomoni bergan koordinatalar asosida terrorçilarga aviazarba beriş amaliyoti davomida turkiyalik harbiylarga ham zarba berdi, lekin bu vaqtda bu hududda turkiyalik harbiylar bölmasligi kerak edi", - degan Rossiya prezidenti matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov.

Turkiya Boş ştabi 9 fevral kuni 3 nafar harbiysi Rossiya HKK samolyotlari Al-Bob yaqinida amalga oşirgan harbiy amaliyot oqibatida halok bölganini ma'lum qildi. Rossiya samolyotlari taşlagan bombalar tufayli yana 11 nafar turkiyalik harbiy jarohatlangan.

"9 fevral kuni ertalab, soat taxminan 08:40da (Toşkent vaqti bilan soat 10:40) IŞID jangarilarini bombardimon qiliş maqsadida bölgan Rossiya HKK samolyotlari taşlagan bombalardan bir xatolik tufayli Turkiya harbiylari joylaşgan binoga tuşgan. Ulardan 3 nafari halok bölib, 11 nafari jarohatlandi", - deya aniqlik kiritdi Boş ştabda.

Turkiya tomoni ma'lumotiga köra, hodisa Suriyaning şimolidagi Al-Bob şahrini ozod etiş uçun olib borilayotgan "Frot qalqoni" amaliyoti doirasida röy berdi.

OAVda Al-Bobda röy bergan hodisa aybdori qaysi tomon ekani aytildi