2 mart kuni ertalab Fransiyaning Burkina-Faso poytaxti Uagadugudagi elçixonasi va mamlakat boş ştabiga qurolli hujum amalga oşirildi.
OAV ma'lumotlariga köra, niqoblarda bölgan qurollangan kişilar boş ştab qöriqçilariga hujum qilişgan. Şuningdek, Fransiya elçixonasi joylaşgan hududda ham otişma va portlaş ovozlari eşitilgan.
Uagadugu meri Arman Beuinde hujumni terakt deb atagan va undan maqsad Fransiya elçixonasi va boş ştab bölganini tasdiqlagan.
“Gap terakt haqida ketmoqda. 10 ga yaqin jangari Fransiya elçixonasi va boş ştabga hujum qildi”, deb aytgan Beuinde.
“Frans Press” axborot agentligi xavfsizlik sohasidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda boş ştabga hujum oqibatida kamida 28 kişi halok bölganini ma'lum qilgan.
Biroq Burkina-Fasoning axborot vaziri Remi Danjinu bu xabarni rad etgan.
“Dastlabki ma'lumotlar şunday: 8 jangari yöq qilingan (4 nafari elçixona oldida va 4 nafari boş ştab oldida), xavfsizlik xizmati xodimlari va harbiylardan 7 kişi halok bölgan”, deb ma'lum qilgan Danjinu.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş uşbu hujumlarni qoralagan va Burkina-Fasoga öz emissarini yuborganini ma'lum qilgan.
Guterriş BMT Burkina-Fasodagi vaziyat ortidan sinçkovlik bilan kuzatayotgani va u bu haqda mamlakat prezidenti Rok Mark Kristian Kabore bilan muloqot qilganini aytgan.

















