Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev boş ştabga mamlakatga xavf solişi mumkin bölgan tahdidlarni aniqlaşni buyurdi. Şuningdek, Toqayev boş ştab boşliği Murat Bektanov bilan uçraşuvda mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş böyiça konseptual yondaşuvlarni  işlab çiqişni buyurgan.
   
Öz navbatida boş ştab boşliği Toqayevga şu kunlarda mamlakatda ötayotgan “Oybolta-2019” qömondonlik-ştab strategik maşğulotlari haqida sözlab bergan.

Maşğulotlar 17 aprelda boşlangan va 2 haftadan köproq davom etadi. Unda 8 mingga yaqin harbiy, 2 mingta harbiy texnika jalb qilingan.