Qirğizistonda «Ata Meken» parlament fraksiyasi yetakçisi, muxolif siyosatçi Ömurbek Tekebayev mamlakat prezidenti Almazbek Atambayevning Kiprdagi ofşorlarda mulki borligi haqida ma'lumotga egaligini aytdi.
Uşbu siyosatçi yaqin vaqt içida jamoatçilikka batafsil ma'lumotlar yetkazişini qöşimça qilgan.
Ömurbek Tekebayev avval prezidentga öz boyligi manbalarini oçiqlaşini sörab, murojaat qilmoqçi ekanini aytib ötgandi.
Keyinroq u Atambayev 2010 yildan 2015 yilgaça 6 million 18 ming som daromad qilgani, uning xarajatlari esa 34 million söm bölganini xabar qildi.
Uning ma'lumotlari prezident apparatining axborotlar bölimiga kelib tuşgan.
Qayd etilişiça, Almazbek Atambayev boş prokuraturaga bu bayonotni tekşirib, tegişli çoralar körişga körsatma bergan.
Bugun Ömurbek Tekebayev jurnalistlarga Kiprga uçib ketayotgani haqida ma'lum qildi. U prezidentning bu davlatda biznesi borligi haqidagi ma'lumotni tekşirib, qöşimça ma'lumot yiğmoqçi ekanini ta'kidlagan.
«Kipr — şunçaki orol emas, bu ofşor hudud. Beliz uzoqda, Kipr bizga yaqin, men Kiprga yöl oldim va Atambayevning oilasi sirlarini foş qilmoqçiman», degan u.

















