"Mehnatdan kelsa boylik - turmuş bular çiroylik!", deydi xalqimiz. Darxaqiqat, halol mehnatning noni şirin böladi. Peşona teri bilan topganingni oila a'zolaring bilan baham körib yaşaşga ne yetsin. Afsuski, ana şu oddiy xaqiqatni ayrimlar tuşunmayda yoki tuşunsa ham ahamiyat bermay, bilganidan qolmaydi. Vaholanki, har qanday qinğir işning bir kun kelib, albatta qiyiği çiqadi.

Jinoyat işlari buyiça Samarqand viloyati Bulunğur tumani sudi va jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudi binosida, oçiq sud majlisining qora kursilarida ötirgan Aliqulov Sanjarbek A'zamquloviç, Toşnazarov Hamroqul Hasanoviç va Normatov Ğayratjon Habibullayeviç qilmişidan xabardor bölsangiz, bunga işonç hosil qilasiz.

S.Aliqulov 2015 yilga qadar Rossiya Federatsiyasining Moskva şahrida qöşimça daromad topiş maqsadida işlab yurgan. 2015 yilning mart oyida xolasining öğli Ğayrat Normatovga telefon qilib Rossiyada işlaş qiyinlaşib ketgani, aprel oyida Tojikiston Respublikasiga qaytişini bildirgan. Suhbat davomida çegaradan giyohvandlik vositalarini olib ötiş imkoni bor-yöqligi haqida söragan. Xolavaççasi Ğayrat bu savolga "ha, olib ötsa böladi" deb javob bergan. Şu kundan boşlab Sanjarga giyohvandlik vositasini olib ötiş va osongina mömay daromad topiş istagi tinçlik bermaydi.

2015 yilning aprel oyida Tojikiston Respublikasiga qaytib kelgan Sanjar özining oldindan öylangan rejasini amalga oşiriş payiga tuşdi. Bu işga unga Panjikent bozorida uçratib qolgan "Ikrom" ismli tanişi yordam beradi. Ikrom Sanjarga giyohvandlik vositasini Özbekistonga ötkazib bersang, 6-7 ming AQŞ dollari beraman, deb va'da qiladi. Sanjar işni tezroq amalga oşiriş uçun xolavaççasi Ğayratga telefon qiladi. Suhbat davomida Ğayrat giyohvandlik vositasini Zarafşon daryosi orqali olib ötiş mumkinligini aytadi. Şundan söng, Sanjar Ikromga telefon qilib, giyohvandlik vositasini olib ötiş mumkinligini aytadi va Özbekiston Respublikasiga ötiş uçun viza-ruxsatnoma oladi. 2015 yil 24 aprelda Ğayratga telefon qilib, Özbekistonga onasining qabrini ziyorat qilişga borişini aytadi. Ğayrat qinğir işlarini amalga oşiriş uçun Tojikiston Respublikasiga tegişli uyali aloqa operatori sim-kartasi kerakligini bildiradi.

Sanjar qonuniy yöl bilap Özbekistonga keladi. Onasiniig qabrini ziyorat qiliş uçun Samarqand viloyati Bulunğur tumani Farmontepa qişloğiga boradi. U yerda uni toğasi M.Şodmonov kutib oladi. Onasining qabrini ziyorat qiliş bahonasida kelgan Sanjar toğasining uyida yaşay boşlaydi. Bu orada xolavaççasi Ğayrat bilan uçraşib, jinoiy işni qanday amalga oşiriş böyiça kelişib oladi va unga Tojikistondan olib kelingan ikkita sim kartasini beradi.

Sanjar Tojikiston Respublikasiga qaytib kelgaç, hamtovoği Ikrom bilan uçraşib, hammasi tayyorligini, Özbekistonda ularni xolavaççasi Ğayrat kutib olişini aytadi. 2015 yil iyun oyi boşlarida Sanjar Ikrom bilan Panjikent bozorida körişadi. Ikrom uni ismini aytmagan notaniş kişi bilan uçraştiradi. U kişi çegaradan ötkazib bergan har bir kilogramm giyohvand vositasi uçun 150 AQŞ dollari talab qiladi. Sanjar ukasi töy qilayotganini vaj qilib bu narxga könmaydi. Şunda Ikrom oldi-sotdi işlarini amalga oşirib qaytib kelgandan keyin yana 1000 AQŞ dollari berişini aytadi. Sanjar 20 kilogramm giyohvandlik vositasini bir özi olib öta olmasligini anglab, bu işga qöşnisi Hamroqulni ham jalb etadi.