Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev 15-17 fevral kunlari davomida Germaniya va Belgiyaga taşrifini amalga oşiradi. Bu haqda bugun prezident apparati rahbarining birinçi örinbosari Sapar Isoqov jurnalistlarga ma'lum qilgan.
Atambayev Yevropa kengaşi raisi Donald Tusk, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bilan uçraşadi. U şuningdek, Belgiya qiroli bilan ikki tomonlama uçraşuv ötkazişi kutilmoqda.
«Ular şu vaqtgaça 3 marta uçraşişgan. Ular örtasida özaro işonç ruhidagi döstona munosabatlar örnatilgan», — degan Sapar Isoqov.
Almazbek Atambayev Myunxen konferensiyasida iştirok etadi. Bu konferensiyada har yili dunyo davlatlari yetakçilari yiğilib, xavfsizlik masalalari va özaro munosabatlarni muhokama qilişadi. Prezident bu konferensiya doirasida Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uçraşuv ötkazadi.

















