Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti O‘zbekistonga keladi
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao O‘zbekiston Respublikasiga tashrif bilan keladi. Bu haqda Senat mutbuot xizmati xabar bergan.
13 fevral kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti bosh direktori o‘rinbosari Xong Veyni qabul qildi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashishgan.
Xong Vey barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda OTB tomonidan O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini va infratuzilmani modernizatsiyalash hamda rivojlantirishga doir strategik dasturlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarish muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlagan.
Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakaoning O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshiradigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama etilgan.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
17:27 / 18.11.2025
Prezident Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
14:44 / 18.11.2025