Jahon | 12:34 / 14.02.2017
7052
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya elchisi bilan gaplashgani uchun iste'fo bergan Maykl Flinn Tramp jamoasiga muvaffaqiyat tiladi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn Tramp jamoasining muvaffaqiyatli ish olib borishiga ishonch bildirdi. Associated Press agentligi xabariga ko‘ra, u bu haqda iste'foga chiqish haqidagi maktubida yozgan.

«Men prezident Donald Trampning kuchli boshqaruvida vitse-prezident Mayk Pens va ajoyib jamoa yig‘ilgan, bu jamoa AQSh tarixiga kiradi, men qattiq ishonamanki, Amerika xalqi ularga Amerikani yanada buyuk qilishda yordam beradi», — deyilgan Flinning maktubida.

U «shunday hal qiluvchi pallalarda» AQShga xizmat qilganidan faxrlanishini aytgan.

Flinn qo‘shimcha qilganki, uning uchun Tramp bilan, «3 hafta ichida AQSh tashqi siyosatini tubdan o‘zgartirib, bu mamlakatni yana dunyodagi yetakchi davlatga olib chiqqan» siyosatchi bilan ishlash sharaf bo‘lgan.

U Trampga «shaxsiy ishonchi» uchun minnatdorchilik bildirgan.

Trampning Rossiya bilan aloqalari borligi aytilgan maslahatchisi iste'fo berdi

Rus elchisi bilan gaplashgan amerikalik amaldor nega iste'foga chiqdi?

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid