2017 yilning birinçi yarmida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonga davlat taşrifi bilan boradi, deb xabar berdi Sputnik.

Uşbu taşrif Qozoğiston rahbari Nursulton Nazarboyev özbek hamkasbini mehmonga şaxsan taklif etgani tufayli rejalaştirilmoqda. Sputnik’ning Toşkentdagi Qozoğiston diplomatik vakolatxonasiga asosan yozişiça, taşrif davomida ikki tomonlama strategik şeriklik böyiça köplab masalalarni muhokama qiliş rejalaştirilgan.

Şu tariqa, savdo-iqtisodiy, transport-logistika sohasidagi hamkorlik, hududlar darajasidagi özaro aloqalar va boşqa masalalar muhokama qilinadi.

"Özaro munosabatlarimiz dinamikasi 2016 yilning oxiri va 2017 yilning boşlarida juda faollaşdi. Bizda hal qilinişi lozim bölgan bir qator masalalar paydo bölgani tabiiy. Bu jihatdan ikki davlat rahbarining uçraşuvi juda muhim va öz vaqtida", - deya aytib ötgan Qozoğistonning Özbekistonda joylaşgan elçixonasidagi manba.

Bundan taşqari, suhbatdoşning sözlariga köra, yaqin orada bir qator ikki tomonlama uçraşuvlar va taşriflar ham rejalaştirilgan. Xususan, yangi mudofaa va harbiy-texnik hamkorlik böyiça vazirlik vakillaridan taşkil topgan qozoq delegatsiyasi Özbekistonga kelmoqçi. Şuningdek milliy temir yöl operatorlari delegatsiyalarining uçraşuvi ham bölib ötişi kerak.

Biroq, elçixona vakilining xabar berişiça, ikki tomonlama taşriflar içida birinçi bölib hududlar rahbari darajasidagi uçraşuvlar amalga oşirilişi mumkin. Xususan, mart-aprelda Navoiy va Jizzax viloyati hokimlarining Qozoğistonga taşrifi rejalaştirilgan. Tomonlar Navoiy va Jizzaxdagi erkin-iqtisodiy zonalar doirasida Janubiy Qozoğiston viloyatlaridan bölgan işbilarmonlar bilan hamkorlikni muhokama qilişadi.

Avvalroq Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev Rossiyaga taşrif buyurişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi.