Yamaykalik yengil atletikaçi Useyn Bolt Laureus World Sports Academy (“Laureus” jahon sport akademiyasi) talqiniga köra yilning eng yaxşi sportçisi, deb topildi. Yil sporti laureatlariga mukofotlarni topşiriş marosimi Monakoda bölib ötdi.

Bolt mukofotni törtinçi bor qölga kiritdi, u avval bu sovringa 2009, 2010 va 2013 yillarda ham ega çiqqan. U Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya öyinlarida uçta oltin medalni qölga kiritdi. “Yil sportçisi” mukofotiga, şuningdek, amerikalik basketbolçi Lebron Jyeyms, portugaliyalik futbolçi Kriştianu Ronaldu, amerikalik basketbolçi Stefen Karri, britaniyalik yengil atletikaçi Mo Fara va uning hamyurti, tennisçi Endi Marrey ham da'vogarlik qildi.
Yilning eng yaxşi ayol sportçisi deb 2016 yilgi Olimpiya öyinlarida tört karra ğolibaga aylangan amerikalik gimnastikaçi Simona Baylz tan olindi. “Yil qaytişi” yönalişida amerikalik suziş ustasi Maykl Felps ğalaba qozondi. U 2016 yilgi Öyinlarda 5ta oltin va bir kumuş medalni qölga kiritdi hamda Olimpiadalarda yutib olingan oltin medallar böyiça (23) rekord örnatdi. “Yil yangiligi” yönalişida “Formula-1” maşinalarida jahon çempionligini ilk bor qölga kiritgan nemis avtopoygaçisi Niko Rosberg zafar quçdi.

“Sport qalbi” nominatsiyasida Angliyaning “Lester” futbol klubi ğalaba qozondi. 2014-2015 yilgi Angliya çempionati mavsumida musobaqada jon saqlab qolişga harakat qilgan jamoa, 2015-16 yilgi musobaqada öz tarixida ilk bor çempionlikni qölga kiritdi. Yil jamoasi deb 2016 yilda 108 yil davomida ilk bora Asosiy beysbol ligasida (MLB) ğalaba qozongan Amerikaning “Çikago Kabs” beysbol klubi tan olindi.
“Laureus” mukofoti 1999 yilda jahonga maşhur bölgan bir neça biznes kompaniyalar iştirokida xalqaro jamğarmalar tomonidan ta'sis etilgan. Birinçi bosqiçda nomzodlarni sport matbuoti tanlab olsa, keyin akademiyaning 50 nafar a'zosi örtasida ovoz beriş ötkaziladi.
















