Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Illinoys aholisi zombilar hujumi kabi favqulodda holatlarga tayyorlanadi
AQShning Illinoys shtati aholisi manqurt (zombi)larning yurishiga qarshi rasman tayyorgarlikdan o‘tadi. Ushbu bir oylik tayyorlash aslida fuqarolarni haqiqiy favqulodda vaziyatlarga shay bo‘lishini ko‘zda tutadi, deb xabar qiladi CNN telekanali.
Shunday qilib, Illinoys ma'muriyati 2017 yil oktabr oyini manqurtlar oyi deb e'lon qildi. Bir oy mobaynida fuqarolar tirik «o‘lik»larning yurishidan himoyalanishga o‘rgatiladi.
Aslida, bu ijtimoiy dastur bo‘lib, uning doirasida aholi haqiqiy tabiiy ofatlar ro‘y berganda o‘zlarini tutishga ko‘nikma hosil qilishlari kerak. Qonun chiqaruvchilarning fikricha, aholi manqurtlar yurishiga tayyor bo‘lsa, boshqa ofatlarga aniq qarshi tura oladi.
Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarning aksariyati favqulodda vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini bilishmaydi, ular zaxira rejasi, oziq-ovqatlar zaxirasi va zarur anjomlarga ega emas.
Aytish joizki, AQSh ijtimoiy xizmatlari favqulodda holatlarni qanday tirik qolish muammosiga fuqarolar e'tiborini qaratish uchun manqurtlar mavzusiga avval ham qo‘l urgan. 2011 yili xavfsizlik va sog‘liqni saqlash masalalariga mas'ul ma'muriyat o‘z saytida manqurtlar hujumi ro‘y berganda nimalar qilish kerakligi xususida maslahatlar joylashtirgan edi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026