Tarixda birinçi marta inson hayoti genetik muhandislik tufayli omon qoldi. Yana şunisi muhimki, şifokorlar hujayra tuzilmasini modifikatsiyalaş yöli bilan zamonamizning eng qörqinçli kasalligini davolaşga muvaffaq bölişdi. Ikki qizçada ötkir leykozdan töliq remissiya natijasi kuzatildi. Ilm-fan butun insoniyat yölini yoritiş uçun imkon qadar harakat qilmoqda. Trendymen uşbu xuşxabar bilan bölişdi. 

Noodatiy yondaşuv

Saraton kasalliklari bilan kuraş olimlardan yanada köproq izlanişlarni talab qiladi. Hozirça ösimtani kafolatli yöq qiluvçi birorta vosita topilmagan. Biroq ikki bemorda sinalgan yangi usul juda yaxşi natijalarni körsatgan: şifokorlar bemorning şaxsiy hujayralarini modifikatsiyalab, ularni kasallik bilan kuraşiş uçun tanaga qaytariş yölini öylab topişdi. 

Hujayralarni modifikatsiyalaş

Asosiy ğoya bemor organizmidan immun hujayralarning olib taşlanib, genetik modifikatsiya qilinişi va tanaga qaytarilişidadir. Bu usulning sinovi butun dunyo böylab yölga qöyildi. Ba'zan tadqiqotçilar genga T-hujayralarning taşqi tomonida joylaşgan CAR19 nomli retseptorni qöşişadi. Bu maxsus T-hujayralar CD19 nomli oqsilli barça hujayralarni topib, ularni öldirişga dasturlaştirilgan. CD19 esa, öz navbatida, ötkir leykozni keltirib çiqaruvçi hujayralarda joylaşgan. 

Leyla

Leyla Riçards mazkur innovatsion usul sinab körilgan birinçi bemor böldi. Uç oylik qizça limfa sohasidagi ötkir leykozdan aziyat çekkan va deyarli omon qoliş imkoniga ega bölmagan - kimyo terapiyasi va jarrohlik natija bermagan. 

Innovatsion usul sinovi

Londondagi Great Ormond Street Hospital şifoxonasi mutaxassislari Leylaning oğir ahvolidan xabar topişdi, bu yerda aynan hujayralar modifikatsiyasi ustida tajriba olib borilayotgan edi. Ota-onaning roziligini olgan olimlar Leylada mazkur usulni sinab körişdi (dastlab siçqonlarda sinalgan).