Facebook’da Super Deluxe mediakompaniyasi namoyiş qilgan, toşbaqa va quyon örtasidagi yuguriş musobaqasi videosini 3 mln dan köproq odam tomoşa qilişga ulgurdi.  

Mashable portali ma'lumotlariga köra, musobaqaning 16 fevraldagi jonli translyatsiyasini 100 mingdan köproq odam körgan.  

Barça taxminlarga qaramasdan, yuguriş böyiça musobaqada toşbaqa ğolib böldi va marraga 40 daqiqada yetib keldi.

Musobaqa keskin holatlarsiz keçmadi: şundoqqina marra oldida toşbaqa töxtab, bir neça daqiqa davomida uni kesib ötişdan boş tortgan va bu köplab izohlarga sabab böldi. Foydalanuvçilar bu holatga toşbaqa "marra çiziğini kesib ötiş uçun eng mos strategiyani işlab çiqiş maqsadida uni örganayotgani" borasida hazilomuz fikr bildirişgan.

Köplab şarhlovçilar esa bu maroqli musobaqa ularni boşqa işlarni çetga surib turişga majbur qilganidan "şikoyat qilganlar". "Soat tonggi 4, men esa şuni körmoqdaman", deb yozgan foydalanuvçilardan biri.