AQŞ prezidenti Donald Tramp maşinasiga noma'lum kimsa tomonidan toş uloqtirildi. Voqea Floridada yuz bergan, Tramp bu yerga dam oliş kunlariga kelgan. Bu haqda AQŞ maxfiy xizmati vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.   

Ta'kidlanişiça, prezident korteji Palm-Biç aeroportidan Trampning Mar-a-Lago maskaniga ketayotgan bölgan. Noma'lum kimsa Tramp ketayotgan avtomobilga toş yoki şunga öxşaş buyum uloqtirgan, biroq "nişonga ura olmay", boşqa maşinaga tekkan.

Maxfiy xizmat voqeani tergov qilişni boşladi.

"Maxfiy xizmat kunning ikkinçi qismida kortejga qandaydir buyum uloqtirilganligini tasdiqlaydi. Biz voqeani tergov qilmoqdamiz va hozirça boşqa ma'lumot taqdim qila olmaymiz", deb aytgan xizmat vakili.