Yoşlarning huquqiy bilimlarini oşiriş fuqarolik jamiyatining dolzarb vazifasiga aylanib bormoqda. Şu boisdan ular orasida tuşuntiriş va nazorat işlarini yanada takomillaştiriş maqsadida institutda qator tadbirlar taşkil etilmoqda.
Şu munosabat bilan 17 fevral kuni institut Madaniyat saroyida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda mutassadi taşkilotlar tomonidan işlab çiqilgan çora-tadbirlar rejasiga muvofiq, talabalarining huquqiy bilimlarini oşiriş, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilişi, giyohvand moddalar iste'mol qilinişini oldini oliş maqsadida profilaktik tadbir ötkazildi.

Tadbirda institut rektori S.Yunusov, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy markazi, Toşkent şahar norkologiya dispanseri, Toşkent şahar IIBB Huquqbuzarliklarni oldini oliş boşqarmalarining mas'ul xodimlari institut professor-öqituvçilari va talabalar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.

Tadbir jarayonida professor-öqituvçilar va talabalar mavzuga oid savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegişli ma'lumotlar olşdi.
Tadbir söngida talabalarga “Giyohvandlik va uning zararli oqibatlarini oldini oliş” mavzusiga bağişlangan film namoyiş etildi.
















