AQSh va boshqa bir qator boshqa davlatlarda #TinyPresident xeshtegli mem ommalashib bormoqda. Life nashri ular orasidan eng qiziq fotosuratlarni tanlab oldi.
"Tvitter"da hattoki Tiny Trump (mitti Tramp) sahifasi ham paydo bo‘ldi.
Fotosuratlarda "kichkina prezident"ning turli siyosatchilar bilan turgani tasvirlangan. Ular orasida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin ham bor.

























