Sönggi vaqtlarda (aniqroği, yanvar oyidan e'tiboran), xalqaro maydondagi yangiliklarni kuzatib borayotgan bölsangiz, MDHning qator mamlakatlari, xususan, Ukraina, Qozoğiston, Rossiya va Qirğizistonda ösmirlar örtasida öz joniga suiqasd qiliş hollari köpayib borayotgani haqida bong urişmoqda. Xöş, ularning bunday qaror qabul qilişlari va yoş umrlarini xazon qilişiga nima sabab bölayapti?
Şunday noxuş voqealardan biri bir neça soatlar muqaddam Ukrainada sodir böldi. Xabarlarga köra, ösmir qizning ölimoldi maktubini topib olgan ona politsiyani xabardor qilgan. Kiyev şahar politsiyasi, milliy gvardiyaning jiddiy sa'y-harakatlari tufayli qiz 16 qavatli turarjoy binosining tomidan topilgan. U yordamga muhtoj holatda, tanasining turli qismida piçoq bilan yetkazilgan yangi va eski jarohat joylari bölgani holda topilgan.

Uning suiqasd qilişga urinişidan avval ijtimoiy tarmoqlardagi «ölim guruhlari»ga a'zo bölgani, «suiqasd qiliş» kitoblarini öqigani, oxirgi topşiriqdan söng, bu kabi guruhlarni tark etgani aniqlangan.
Ma'lumotlarga qaraganda, turli (asosan, VKontakte) ijtimoiy tarmoqlarda «kök kit» nomi bilan razil ğarazgöylar guruhi mavjud. Ularning soni bitta emas, bir neçta ekani ham ma'lum. Açinarli va taşvişlisi şundaki, ularning ğalamisliklariga çuv tuşayotganlar hayotning aççiq-çuçugi nima ekanini bilmaydigan va dunyoqaraşi şakllaniş arafasida bölgan ösmir yoşlardir. Rossiya, Ukraina, Qozoğiston va Qirğizistonning har birida kamida 15 nafar ösmir uşbu öyin qurboni bölişga ulgurgan.
Uşbu öyinni öynab körgan Kun.Uz manbasining sözlariga köra, «ölim guruhi»ga a'zo bölgaç hamda öyinga ösmirning roziligi olingaç, unga turli topşiriq berila boşlanadi. Xususan, manbaga birinçi kunlik topşiriq sifatida «Xudo»ning suratini çiziş topşirilgan. Mana şuning öziyoq, aslida bunday guruhlar ortida qanday kuçlar yotganini isbotlaydi. Manbaga, şuningdek, serqatnov köçadan avtomobillar yaqin qolganida yugurib ötiş va bu jarayonni bevosita videotasvirga oliş, tanasiga turli suratlarni piçoq vositasida kesiş yöli bilan soliş va şu kabi topşiriqlar berilgan. Topşiriqdan biri ular yuborgan musiqani 3 keça-kunduz tinimsiz tinglab yuriş bölgan.
E'tiborli jihati şundaki, guruh administratorlari ösmirlarni nazoratida uşlab turiş uçun topşiriqni bajargan yoki bajarmaganiga doir suratni öziga yuborişni talab qilişadi. Kun.Uz manbasining sözlariga köra, «ölim guruhi» unga suiqasd qilişiga turtki beriş maqsadida, «u dunyo borligiga işonsang, bilki, sen gunohkorsan, agar sen özingni öldirmasang, sen uçun ota-onang jazolanadi, özingni öldirsang, ular qutulib qolişadi, nahotki, sen ularni yomon körsang» kabi aldovçi sözlarni ham bildirişgan. Albatta, manbaning ta'kidlaşiça, u bu kabi vazifalarni bajarmagaç, unga tahdid qilişgan va oxirida aloqani uzişgan.


















