Özbekiston böylab safar qilayotgan National Geographic uçun video hamda suratlar tayyorlab beruvçi jahonga maşhur fotosuratçi Jon Stenmayyer Instagram’dagi sahifasida ğayritabiiy videoni joylaştirdi.

Unda Özbekistonning Xiva şahridagi “nafas oluvçi” avtomobil tasvirlangan. Kadrda ustiga yopinçiq taşlangan avtomobil xuddi nafas olayotgandek tasavvur uyğotayotganini köriş mumkin. Bu şamol aylanişi orqali röy bergan. 

Ma'lumot uçun, amerikalik Jon Stenmayyer 1964 yilda tavallud topgan bölib, dunyoga maşhur fotosuratçi sanaladi. U 1999 yilda fotosuratçilar orasida eng nufuzli hisoblangan Robert Kapa sovrini bilan taqdirlangan.