2005 yilning 12-13 may kunlarida Andijon viloyati markazi Andijon şahrida röy bergan qonli fojialar tasvirlangan hujjatli film YouTube portalida namoyiş qilindi.
"Oltin vodiyni titratgan kun" deb nomlangan uşbu filmda terrorçilik harakati tasvirlari, Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovning hududga borişi va davlat töntarişiga urinişning bartaraf etilişi tafsilotlari keltirilgan.
Öşa yilning sentabr oyida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov suriştiruv natijalaridan keyingi hisobotida “Özbekiston mustaqil siyosati, uning milliy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumini ağdariş va islomiy davlat barpo etişga qaratilgan, geosiyosiy manfaatlarga töliq mos keluvçi puxta öylangan va rejalaştirilgan harakat” deya baholangandi.
Taşqi kuçlar qutqusi bilan jinoiy guruh tomonidan yuzaga keltirilgan tartibsizliklar oqibatida hisobotga köra, 187 kişi qurbon bölgandi. Şundan 60 nafari tinç aholi vakillari (ularning içida ikki nafar voyaga yetmaganlar va bir nafari ayol) edi. Terrorçilar huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining 31 nafarini öldirişgan. 287 nafar kişi, jumladan, 91 nafar tinç aholi vakillari, 49 nafar huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari va 59 nafar harbiy turli darajadagi tan jarohatlari olişgan.
Terrorçilarga qarşi çora-tadbirlar vaqtida esa 94 nafar terrorçi yöq qilingan, 76 nafari yaralangan.

















