Qurol-aslaha işlab çiqaruvçi "Kalaşnikov" konserni turli maqsadlarga möljallangan bir qator yangi jangovar robototexnika majmualarini yaratiş ustida iş olib bormoqda. Bu haqda kompaniyaning boş direktori Aleksey Krivoruçko IDEX-2017 qurol-aslaha körgazmasida ma'lum qildi.
Avvalroq kompaniya "Armiya-2016" forumi doirasida "Soratnik" deb nomlangan robotlaştirilgan gusenitsali platformani taqdim qilgandi.
"Biz tomondan robotexnika sohasida yangi loyihalar olib borilmoqda, bular yangi jangovar modullar hamda oğir va yengil sinfdagi yangi robotlaştirilgan platformalardir. Maşinalarimizning yangi qatorini "Armiya-2017" körgazmasida namoyiş qilmoqçimiz", deb aytdi Krivoruçko.
Krivoruçko işlanmalarning maxfiyligiga işora qilib, maşinalarning özi xos jihatlariga aniqlik kiritmadi.

















