Hindiston qurolli kuçlari tomonidan «Kalaşnikov» avtomatlari sotib oliş böyiça tuziladigan şartnoma qiymati 590 mln dollar deb baholanmoqda, deb xabar berdi RBK.

Agentlik manbasining sözlariga köra, Indo-Russian Rifles Private Limited Rossiya-Hindiston kompaniyasi va Hindiston qurolli kuçlari örtasida 680 ming dona AK-203 «Kalaşnikov» avtomatlari işlab çiqariş böyiça şartnoma narxi 100 mln dollarga pasaygan va 590 mln dollar deb baholangan. 

Avvalroq Janes naşri şartnoma qiymati 688 mln dollarga tengligini yozgandi. Avtomat işlab çiqariş böyiça memorandum 2019 yil fevralda imzolangan.

Indo-Russian Rifles Private Limited kompaniyasining 50,5 foiz aksiyasi Hindistonning Ordnance Factory Board davlat kompaniyasi, 42 foizi «Kalaşnikov» konserni va 7,5 foizi «Rosoboroneksport»ga tegişli.

Qayd etilişiça, yakuniy şartnoma imzolanadigan bölsa, 2022 yilning birinçi çoragidan avtomatlarni işlab çiqariş boşlanadi.

Avvalroq şartnoma doirasida 70 ming dona avtomat yetkazib beriladi, qolgan 610 ming donasi esa Hindistonda işlab çiqariladi, deb yozgandi Times Now naşri.

Avtomat işlab çiqariş böyiça şartnoma Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Hindistonga taşrifi çoğida imzolanişi taxmin qilinmoqda, deb yozadi Janes. RBK manbasining sözlariga köra, Putin 6 dekabrda Hindiston boş vaziri Narendra Modi bilan uçraşadi.