Uşbu avtomatlar bilan Hindiston kuç tuzilmalari qurollantiriladi. 

Şartnoma Rossiya va Hindiston mudofaa vazirlari uçraşuvi doirasida imzolangan. “Kalaşnikov” kompaniyasi boş direktori Vladimir Lepinning ta'kidlaşiça, avtomatlar işlab çiqarilişi Korva şahridagi qöşma korxonada yölga qöyiladi. Şartnomaga köra, 600 mingdan köproq avtomat işlab çiqariladi. 

Uşbu korxonani quriş haqidagi kelişuv 2019 yilda tuzilgan. Uttar-Pradeş ştatida joylaşgan korxonaning oçilişida şaxsan Hindiston boş vaziri Narendra Modi iştirok etgan.

Hindiston Rossiya qurolining asosiy xaridorlaridan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda Hindistonning Rossiyadan buyurtirgan quroli umumiy qiymati 15 mlrd dollarga yaqinni taşkil qiladi. Umuman olganda, Hindiston 1991 yildan beri Rossiyadan 70 mlrd dollarlik qurol buyurtirgan.

2018 yilda Hindiston Rossiya bilan S-400 zenit-raketa majmualarini yetkaziş böyiça 5,43 mlrd dollarlik şartnoma imzolagani ma'lum qilingandi. 2021 yil 15 noyabrda “Rosoboroneksport” rahbari Aleksandr Mixeyev Hindistonga uşbu majmualarni yetkaziş boşlanganini ma'lum qilgan. Şartnomaga köra, Dehli Moskvadan 5 ta S-400 polk komplektini oladi. Yil oxirigaça Hindistonga birinçi şunday komplektni yetkaziş rejalaştirilgan.

Ma'lumotlarga köra, AK-203 avtomati kalibri 7,62 mmni, oğirli 3,8 kgni taşkil qiluvçi zamonaviy öqotar qurol bölib, uning öqdoni 30 ta patronga möljallangan.   

6 dekabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindistonga amaliy taşrif bilan keldi. Bu Rossiya yetakçisining pandemiyadan keyingi ikkinçi xorijiy safari hisoblanadi.