Venesuelada Kalaşnikov avtomatlari uçun möljallangan 7,62 millimetr kalibrli patronlarni işlab çiqaruvçi zavod işga tuşirildi. «Rostex»ning ma’lum qilişiça, «Rosoboroneksport» davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvçi kompaniya tomonidan qurilgan korxona yiliga 70 milliontagaça öq-dori işlab çiqara oladi.

«Rostex» ijroçi direktori Oleg Yevtuşenkoning aytişiça, birinçi bosqiç törtta işlab çiqariş liniyasini öz içiga oladi. Ulardan ikkitasida pölat yadroli öq-dorilar, qolgan ikkitasida esa havoda iz qoldiradigan va paxtavon patronlar işlab çiqariladi. Uning sözlariga köra, yaqin orada Rossiya kompaniyasi qolgan işlab çiqariş korpuslarini ham işga tuşiradi. Bu esa Venesuela hududida patronlar va Kalaşnikov avtomatlarini (AK-103) töliq işlab çiqariş siklini yölga qöyiş imkonini beradi. Uşbu qurol Venesuela armiyasi, politsiyasi va boşqa kuç tuzilmalari tomonidan foydalaniladi.

Zavod quvvati bitta iş smenasida ön minglab patron işlab çiqariş imkoniyatiga ega. «Bu Lotin Amerikasidagi muhim şerigimiz bilan texnologik hamkorlikni rivojlantirişda muhim qadam hisoblanadi», - deydi Yevtuşenko.

Hozirda korxona çiqindilarni utilizatsiya qiliş, öq-dorilar uçun möljallangan tarkibiy qismlar saqlanadigan omborlar, mahsulot sinovi uçun tir, şuningdek, öt öçiriş rezervuari va boşqa qöşimça inşootlarni öz içiga olgan.

«Rosoboroneksport» boş direktori Aleksandr Mixeyevning ma’lum qilişiça, uşbu loyiha RF va Venesuelaga qarşi joriy etilgan xalqaro sanksiyalariga qaramay, «butun dunyoga kompaniya öz şeriklari oldida doim öz majburiyatini bajarişini körsatib qöygan».

Venesuelada AK-103 avtomatlari va 7,62 millimetrli patronlarni işlab çiqariş böyiça ikkita korxona qurişga 2006 yilda prezidentlar Vladimir Putin va Ugo Çaves kelişib olgandi. Loyihani işga tuşiriş 2009 yilda boşlangan.

Quriliş işlari koronavirus çeklovlari, sanksiyalar, şuningdek, korrupsiyaviy mojarolar tufayli bir neça bor ortga surilgan. Xususan, 2015 yilda 1 milliard rubldan ortiq mablağ talon-toroj qilinişi ayblovi bilan harbiy zavodlar quriş böyiça pudratçi kompaniya rahbari, sobiq senator Sergey Popelnyuxov hibsga olingandi.