O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi bilan tanishib chiqib, ilm yo‘lida yurgan yosh tadqiqotchilar oldida turgan muammolar haqida yozishga ahd qildim. Qayd etilishicha Respublika oliy o‘quv yurtlari (OO‘Yu)dagi ilmiy darajaga ega kadrlarning kontingenti o‘rtacha 33 foizni tashkil qiladi.

Buning sababi nimada, deb o‘ylaysiz? Xo‘sh, yoshlarimiz ilm yo‘lidan borishni istashmayaptimi? Yoki ilmiy darajaga ega bo‘lgandan so‘ng, OO‘Yuda faoliyat yuritishni xohlashmayaptimi? Nazarimda, buning ikkisi ham emas. Buning sababi bizda ilmiy daraja beradigan tizimning o‘ta murakkabligidadir.

2013 yildan buyongi tizim haqida munosabat bildirmaylikda, avvalgi fan nomzodi ilmiy darajasini olish qay darajada bo‘lganligini va xorijiy davlatlarda beriladigan PhD darajasini olish bilan solishtirganda qay darajada farq qilganligini solishtirib ko‘raylik. Zero, ikki bosqichli tizimga o‘tilar ekan, PhD ilmiy darajasini olish oldida turgan aniq muammolar xaqida fikr yuritishimiz shart. Ushbu masala xaqida yozishimga undagan sabab ham yangi tizimga ko‘ra, PhD talablari avvalgi fan nomzodi darajasi uchun qo‘yilgan talablardan qiyinroq bo‘lib ketmasin, degan hadikdir. Maqsad shu hadikning oldini olish xaqida yoshlarning fikrini o‘rganish zaruriyatini keng ilm va tadqiqot ahliga yetkazish.

Bu tizimga o‘tishning zaruriy shartlaridan biri OO‘Yularini ilmiy darajaga ega kadrlar bilan ta'minlashni tezlashtirish ekanligidan kelib chiqib, ilmiy tekshirish institutlarida faoliyat yuritayotgan har bir yosh olim, ilmiy tadqiqotchilar oldida turgan muammolarni hal qilish masalasida o‘zining shaxsiy fikrlarini bildirishga haqli, deb bilaman.

Bir necha yillar davomida “nima uchun O‘zbekistonda fan nomzodi ilmiy darajasini olish bu qadar qiyin”, degan masalada bizdagi akademik, fan doktori va professorlarning fikrini tushunishga harakat qildim. Xulosa qilganim bir-biriga qorishib ketadigan ikkita uzviy sabab bo‘ldi.

  1. Bizdagi tizim bo‘yicha ilmiy darajaga (fan nomzodi, ya'ni 2012 yilgacha) ega bo‘layotgan ilmiy xodimlarning ilmiy saviyasi xorijiy davlatlardagi PhD lardan yuqoriroq (nazarimda haqiqatga ancha yaqin).

  1. Ilmiy darajaga da'vogar tadqiqotchi fanning keng (aynan keng) sohasida muammoni to‘liq tushuna oladigan olim bo‘lishi, ya'ni kimyo sohasida tadqiqot olib borgan mutaxassis kimyoga yondosh bo‘lgan biologiya va fizika sohalarini ham to‘liq tushuna oladigan,