Toşkent şahrida yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş maqsadida yorqin sariq hoşiyali «Piyodalar ötiş joyi» yöl belgilari örnatilmoqda. Bu haqda Toşkent IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi matbuot xizmatiga asoslangan holda Uz24 xabar bermoqda. 

Yorqin sariq hoşiyali bu yöl belgisiga nur qaytaruvçi plyonka tortilgan, bundan maqsad belgi kunning qoronğu vaqtida ham yaxşi körinişini ta'minlaşdir. 

Şu kungaça bunda belgilar Keles yöli va Mehr köçalari, «Çilonzor» metro bekati yaqinida hamda Kiçik halqa yöli böylab örnatilgan. 

Xabarda ta'kidlanişiça, mazkur belgilar örnatilişi şahar köçalarida xavfsizlikni ta'minlaş, yölovçilar hayoti va salomatligini asraşga xizmat qiladi.