Adliya vazirligi “Yöl harakati xavfsizligi töğrisida»gi qonunga yöl harakatini tartibga solişning şaffoflaştirişga qaratilgan özgartirişlar taklif qilingan qonun loyihasini işlab çiqdi.

Loyihada Özbekistondagi barça yöl belgilarining elektron reyestrini şakllantiriş va reyestrga kiritilmagan taqiqlovçi yöl belgilari huquqiy oqibat keltirib çiqarmasligini belgilaş taklif qilingan.

12 iyul kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri vazirlik mas’ullaridan reyestr va bu yangi normalardan kelib çiqadigan huquqiy oqibatlari haqida söradi.

“Reyestrni joriy etişimizga sabab – jamoatçilikda taqiqlovçi belgilar qaçon va qayerda örnatilgani haqida ma’lumot yöq. Biz elektron reyestrga barça yöl belgilarini kiritişni taklif qilyapmiz. Lekin huquqiy oqibat keltirib çiqarmaslikka doir norma faqat taqiqlovçi belgilarga nisbatan qöllanadi.

Bizda milliondan ortiq yöl belgilari bor. Agar biz boşqa yöl belgilarni ham [reyestrga kirmasa] huquqiy oqibat keltirmaydigan qilsak, ertaga teskari effekt berib ketişi mumkin. Çunki boşqa yöl belgilari texnik sabablarga köra reyestrga kiritilmasligi yo tezkorlik bilan kiritiladigan, taqiqlovçi bölmagan yöl belgilar bor… Bu yerda salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligini hisobga olib, norma faqat taqiqlovçi belgilarga nisbatan tatbiq qilinyapti”, – dedi Adliya vazirligi mas’uli Ma’ruf Nazarov.

Vazirlik vakili MJtKda yöl qoidalariga rioya qilmaganlik uçun javobgarlik belgilangani, lekin javobgarlikning özi yöl harakati qoidalariga doir qonunga asoslanişini ta’kidladi. Şu sababli hozir taklif etilayotgan özgarişlarni MJtKga kiritişga zarurat yöqligi aytildi.

“Reyestrni yuritiş bilan boğliq vazifa bevosita IIVning Jamoat xavfsizligi departamentiga yuklatilyapti. Balki alohida platforma yaratilar yoki IIV tegişli boşqarmasi saytida bölar. Lekin hamma uçun oçiq böladi, har kim xohlagan joydagi yöl belgisini oçib, belgini dislokatsiyasi joylaşgan joyga qadar köriş imkoni böladi. Milliondan ortiq belgi bölsa, hammasi kiritiladi, bunda muammo bölmaydi, deb umid qilamiz. Reyestrning yangilanib turişi doimiy böladi, ya’ni yangi kiritilgan belgilari qöşiladi yoki bekor bölgan belgilar olib taşlanadi”,