AQŞ prezidenti Donald Tramp ta'kidlab ötdiki, mamlakatga zarar keltirişi mumkin bölgan xorijliklar mamlakat çegaralaridan ötkazilmasligi kerak. U NBC telekompaniyasi muxbiriga bergan intervyusida şu haqda gapirgan.
"Biz birinçi navbatda mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlaşimiz kerak. Biz bu davlatni yomon köruvçilarni emas, bu mamlakatni sevguvçilarni öz hududimizga kiritişimiz kerak", degan Oq uy rahbari.
U mamlakatga xorijliklar kiritilişiga qöyilgan taqiq böyiça yon berişga tayyorligini qöşimça qilgan.
"Biz mamlakatimiz haqida ijobiy fikrda bölganlarni kiritişimiz mumkin", degan Tramp.
U Vaşingtondagi afroamerikaliklar tarixi va madaniyati muzeyiga taşrifi davomida irqçilik, antisemitizm va millatçilik muammolari xususida töxtalib, ularni "dahşatli illatlar" deb atagan.
Eslatib ötamiz, Tramp yanvar oyi oxirida mamlakatga suriyalik qoçqinlar kirişini taqiqlaydigan, qoçqinlarni köçirib kiritişni tört oyga töxtatib turadigan, şuningdek, Eron, Iroq, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Liviyadan iborat yettita musulmon mamlakatlari fuqarolarining AQŞga kirişini 90 kunga taqiqlaydigan farmonni imzolagan edi. Ayni paytda farmon apellyatsiya sudi qaroriga köra vaqtinçalik amal qilmayapti.
Ötgan haftada Tramp immigratsiyani çeklaş haqida yangi farmon imzolaşga qaror qilgani haqida xabar berildi.

















