Bugun kunning ikkinçi yarmida Toşkentning Çilonzor tumanida, «Mirzo Uluğbek» metro bekati yaqinidagi binoda yirik yonğin yuz berdi.
«Kun» muxbirining voqea joyidan xabar qilişiça, yonğin Oliy xöjalik sudi binolaridan birida röy bergan.

Bundan oldingi xabarlarda yonğin sud binosiga yondoş joylaşgan Toşkent viloyati prokuraturasi binosida röy bergani aytilgandi. Alanga çiqqan vaqtda bino içida odamlar bölgandi, aynan qança odam bölgani aniq emas, yonğin tufayli jabrlanganlar bölişi mumkin.
Yonğin juda kuçli bölgan, ayni vaqtda ham bino tutun burqsimoqda. Hududda öt öçiruvçilar işlamoqda.

Ma'lum muddat yöllar yopilgan.


Yonğin sababi noma'lum qolmoqda. Yonğin keltirgan talofatlar miqdori ham ma'lum emas.
















