Braziliyalik erkak tösatdan katta tezlikda u tomon uçib kelgan maşina ğildiragi zarbasidan oğir jarohat oldi, deb xabar bermoqda Yahoo! News portali. Uşbu holat tasvirlangan video internetda tarqaldi.
Videoda Ipatinga şahrida yaşovçi Roberto Karlos Fernandes ismli erkak piyodalar yölkasi böylab rafiqasi bilan ketayotganda ularning ortidan katta tezlikda ğildirak dumalab kelayotganini köriş mumkin. Erkak u tomon ğildirak dumalab kelayotganini hattoki anglolmay qolgan va boşining orqasidan qattiq zarba yegan.
Aniqlanişiça, ğildirak biroz nariroqda şatakka olinayotgan maşinadan çiqib ketgan. Maşinaning ğildiragi yorilib, otilib çiqib ketgan. Erkak baxtli tasodifgina omon qolgan, biroq oğir miya jarohati olgan. Ayni vaqtda u şifoxonada va şifokorlar uning hayotiga heç narsa xavf solmayapti, deb hisoblamoqdalar.
















