«Barselona»ning sobiq futbolçisi Xristo Stoiçkovning ma'lum qilişiça, Lionel Messi katalonlar jamoasi bilan şartnomani uzaytiriş böyiça 6 oy avvaloq kelişuvga erişib bölgan.

Bungaça ispan naşrlari futbolçi va klub rahbariyati yangi şartnoma böyiça muzokaralarni boşlay olmayotgani, har safar turli sabablar tufayli bu keçikayotgani haqida yozayotgandi.

«Messi şartnomani uzaytirişi kerak deysizmi? U buni 6 oy avval qilib bölgan», – deya Stoiçkovning sözlarini keltirgan Sport.es.

Futbolçining amaldagi şartnomasi muddati 2018 yilning 20 iyuniga qadar tuzilgan. Xabarlarda jamoa şartnomani 2021 yilgaça uzaytirişni istayotgani aytilgandi.

Messining şartnomasini uzaytirmayotganiga «Barselona»ning moliyaviy feyr-pley talablaridan çiqib ketişi mumkinligi sabab qilib körsatilgandi. Unda oylik maoş klub daromadining 65 foizidan oşib ketmasligi lozim deya körsatib ötilgan.