Toşkent şahar IIBB Yonğin xavfsizlik boşqarmasi «KUN.UZ» sayti tahririyati sörovi asosida Toşkent şahar, Çilonzor tumani, Ts-mavzesi, Çöpon Ota köçasi 28A-uyda joylaşgan ma'muriy binoda sodir bölgan yonğin haqida maxsus xabarnoma taqdim etdi.

Bundan oldin manba uşbu yonğin Oliy xöjalik sudi binolaridan birida röy bergani haqida xabar bergandi. Bu xabar tasdiqlanmadi. 

Aniqlik kiritilişiça, yonğin Oliy xöjalik sudi binosi ortida joylaşgan “Qişloq quriliş loyiha” Davlat unitar korxonasi taşkilotiga tegişli binoda röy bergan.

«2017 yilning 23 fevral kuni soat 16dan 36 daqiqa ötganda, Toşkent şahar IIBB YoXB Markaziy dispetçerlik xizmatiga, Çilonzor tumani, Ts-mavzesi Çöpon Ota köçasi 28a-uyda joylaşgan, ma'muriy binoda yonğin bölayotganligi haqida xabar tuşgan.

Körsatilgan manzilga, soat 16dan 46 daqiqa ötganda, Çilonzor tumanini yonğindan muhofaza qiluvçi 16-HYoHQdan 2ta jangovar yonğin öçiriş avtoekipajlari yetib borgan vaqtda, binoning 1, 2 va 3-qavatlari oçiq alanga bilan yonayotgani ma'lum böldi hamda yordamga qöşimça yonğin öçiriş avtoekipajlarni çiqarilişi söraldi. 

Şuningdek, soat 17dan 13 daqiqa ötganda, Yonğin öçiriş rahbari tomonidan 2-maxsus çaqiriq e'lon qilinib, yonğin joyiga qöşimça ravişda Çilonzor tumanini yonğindan muhofaza qiluvçi 17-HYoHQdan 2ta, Yakkasaroy tumanini yonğindan muhofaza qiluvçi 21-HYoXQdan 2ta, Uçtepa, Mirobod va Şayxontohur tumanlarini yonğindan muhofaza qiluvçi 1,2,6 va 13-HYoHQlardan bittadan hamda Özbekiston Respublikasi IIV YoXBB RIOdan 2ta jangovar yonğin öçiriş va 3ta maxsus avtoekipajlari yöllangan. 

Jangovar avtoekipaj şaxsiy tarkibi tomonidan körilgan çora va tezkor harakatlar natijasida, yonğin 18dan 06 daqiqa ötganda qurşab olinib, soat 18dan 16 daqiqa ötganda butunlay öçirilişiga erişildi. 

Uşbu, Çilonzor tumani, Ts-mavzesi Çöpon Ota köçasi 28a-uyda joylaşgan, bino “Qişloq quriliş loyiha” Davlat unitar korxonasi taşkilotiga qaraşli bölgan, 2006 yilda oldi-sotdi şartnomasi asosida, binoning 1, 2 va 3-qavatlari “Hamza Collestion” MÇJ tomonidan, 4-qavati “DI-Ixlos” MÇJ tomonidan hamda 5-qavati “Örmon xöjaligi loyiha instituti” tomonidan sotib olingan. Şuningdek, binoning şarqiy qismida Toşkent viloyati Prokuraturasi joylaşgan.