24 fevral kuni Madaniyat vazirligida yiğiliş ötkazildi. Unda Madaniyat va sport işlari vazirligi örnida taşkil qilingan Madaniyat vazirligi hamda Sport qömitasiga tayinlangan rahbarlar ma'lum qilindi.

Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston davlat akademik katta teatri direktori lavozimida faoliyat körsatayotgan Muratov Maxmud Möminoviç Madaniyat vaziri etib tayinlandi.

M.Muratov - 1970 yildan Respublika bolalar musiqa tarbiya internat öqituvçiligidan mehnat faoliyatini boşlagan. Söngra Madaniyat işlari vazirligi Maxsus tadbirlar va konkurslar bölimi mudiri, Musiqa taşkilotlari boşqarmasi boşliği, Özbekiston davlat filarmoniyasi rahbari, Madaniyat işlari vazirining birinçi örinbosari, Toşkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri direktori, 2015 yildan Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston davlat akademik katta teatri direktori lavozimida faoliyat körsatgan.

Olimpiya şon-şuhrati muzeyi direktori Qurbonov Rustam Javdatoviç Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasiga rais etib tayinlandi.

R.Qurbonov –  mehnat faoliyati davomida bir qator rahbar lavozimlarda xizmat qilgan. Jumladan,  Toşkent şahar hokimining ijtimoiy masalalar böyiça birinçi örinbosari, Bektemir tumani hokimi, Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi prezidenti, "Özbekturizm” kompaniyasi raisi, Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vaziri lavozimi, 2009 yildan boşlab Olimpiya şon-şuhrati muzeyi direktori lavozimida faoliyat körsatgan.

Madaniyat vazirligi markaziy devoni tuzilmasida vazir, birinçi örinbosar va ikki nafar vazir örinbosari örin egallaydi.

Davlat sport qömitasi markaziy devonida esa rais, birinçi örinbosar va ikki nafar rais örinbosari faoliyat olib boradi, ulardan biri Özbekiston Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi direktori hisoblanadi.