Jahon | 14:54 / 24.02.2017
6199
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Tramp oilasi AQSh prezidentining iqlim bo‘yicha qarashini o‘zgartirgan

Foto: AP

Amerika prezidentining qizi Ivanka Tramp va bosh maslahatchisi hamda kuyovi Jared Kushner AQShning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishiga doir Donald Tramp qarashini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda The Wall Street Journal nashri o‘z manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuvini qayta ko‘rib chiqishini aytgan hamda vazifasiga kirishganidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlarni iqlimni saqlab qolish bo‘yicha xalqaro kelishuvdan chiqishiga doir farmonni imzolashi kutilayotgan edi. Uning fikricha, AQSh hukumatining ekologiya borasidagi siyosati mamlakat energetika sohasiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan. 

Nashrning yozishicha, Kushnerlar juftligi prezident Trampdan Parij kelishuvini tanqid qiluvchi farmonni kun tartibidan oldirib tashlashga erishgan. Oq uydagi manbaga ko‘ra, Kushnerlar Tramp qarashlariga ishonchli ta'sir ko‘rsata olishadi. 

Mavzuga oid