Toşkent moliya institutida 2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida imkoniyati çeklangan bolalarni ijtimoiy himoyalaş maqsadida “Inson – hayot gultoji!” şiori ostida xayriya aksiyasi ötkazildi. 

Aktsiya doirasida “Byudjyet hisobi va davlat jamğarmalari” fakulteti dekanati va talaba-yoşlari bilan birgalikda poytaxtning bir qator muruvvat uylari, imkoniyati çeklangan öquvçi-yoşlar tahsil oluvçi kasb-hunar kollejlari va ixtisoslaştirilgan maktablarga taşrif uyuştirildi. 

Mazkur loyihaning yakuniy bosqiçi Toşkent moliya institutining tadbirlar zalida ötkazildi. Unga respublika miqyosidagi muruvvat uylari tarbiyalanuvçilari, zaif eşituvçilar ixtisoslaşgan maktab öquvçilari, hamda imkoniyati çeklangan yoşlar ixtisoslaşgan kasb-hunar kolleji öquvçilari va tarbiyalanuvçilari taklif etilib, konsert dasturi taşkil etildi. Tadbirda Özbekistonda xizmat körsatgan artist, Özbek Milliy Akademik Drama teatri aktrisasi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, şoira Ra'noxon Yaraşeva va aktrisa Dilnoza Kubayeva, Özbekiston Xalq hofizi Orolmirzo Safarov, 2016 yilda Braziliyada bölib ötgan parolimpiya öyinlarida sportning dzyudo turi böyiça faxrli 1-örinni qölga kiritib ğoliblik sovrinlari qatoriga 2 ta oltin medal olib kelgan sportçi Özbekiston iftixori Niğmatov Ötkir Ismatullayeviç hamda Namozov Şerzod Nasimoviçlar iştirok etdilar. 

“Inson–hayot gultoji!” şiori ostidagi xayriya aksiyasi asosida imkoniyati çeklangan öquvçi-yoşlar örtasida ötkazilgan sport musobaqalari va bellaşuvlarda iştirok etib yuqori natijalarni qayd etgan kollej yoşlari  Toşkent moliya instituti tomonidan maxsus sovğalar bilan taqdirlandi.