Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga safari davomida Özbekiston olimlari tomonidan tayyorlangan örmon fondi yerlarida şifobaxş ösimliklar yetiştiriş loyihasi taqdimoti bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Loyihaga köra, 2017 yildan boşlab Qaşqadaryo viloyatining toğ va toğoldi hududlarida şafran (za'faron) plantatsiyalari taşkil etişga kirişiladi.

Ma'lumot uçun, uşbu ösimlik tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida keng işlatiladi. Bunday ösimlikni köpaytiriş Özbekistonda dorivor ösimliklar xom aşyosini mahalliy şaroitda yetiştiriş va oziq-ovqat ziravori sifatida eksport qiliş imkoniyatlarini kengaytiradi.

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston florasi dorivor giyohlarga boy ekanini, xususan, şafran ösimligidan qadimdan xalq tabobatida keng foydalanib kelinganini ta'kidladi.

Prezident hozirgi vaqtda Özbekistonda dori vositalarini işlab çiqarişda şifobaxş şafran muhim xom aşyo manbai bölib xizmat qilişini qayd etdi.

Şavkat Mirziyoyev soha mutaxassislariga bunday ösimliklar turini köpaytiriş va plantatsiyalarni kengaytiriş böyiça tavsiyalar bergan.