Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Demokratlar Trampning Kongressdagi chiqishiga muhojirlar va musulmonlarni taklif etadi
Demokratlar partiyasi vakillari 28 fevral kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Kongress Senati va Vakillar palatasi qarshisidagi nutqini tinglashga ro‘yxatdan o‘tmagan muhojirlarning farzandlarini, shuningdek, meksikaliklar va musulmon mamlakatlaridan kelganlarni taklif etadi. Bu haqda Demokratlar partiyasining parlamentariyalariga asoslangan holda Politico nashri xabar bergan.
Nashrning yozishicha, odatga ko‘ra, kongressmenlar prezidentning chiqishiga o‘zi bilan qarindoshlari va yaqin do‘stlarini taklif etishi mumkin bo‘ladi.
Bu safar Trampning qasamyod qabul qilish marosimini boykot qilgan demokratlar uning Kongressdagi chiqishiga musulmon mamlakatlardan kelgan muhojirlarni, meksikaliklarni hamda ro‘yxatdan o‘tmagan qochqinlarni olib kelishmoqchi.
Demokratlarning fikricha, bundan maqsad Trampga uning muhojirlik siyosati bo‘yicha farmonidan aziyat chekkan shaxslarni yuzma-yuz qilishdir. Ular Oq uy rahbarining g‘ashiga tegmoqchi va uning migratsiya siyosatiga «insoniy qiyofa berishga» urinib ko‘rmoqchi.
«Umid qilamanki, zal (Tramp nutq so‘zlaydigan Kongress zali) butun Amerikani ifoda etadi», — dedi kongressmen Jim Lenjyevin.
Shuningdek, Trampning nutqida uning inauguratsiya marosimi o‘tkazilayotgan vaqtda ataylab Vashingtonni tark etgan demokratlar ham qatnashadi.
Bundan oldinroq, demokratlar Trampni ag‘darib tashlash rejasini tuzishgani xabar qilingandi.