Kim Çen Nam qotilligida ayblanayotgan, Indoneziya fuqarosi Siti Aysia marhumga hujumi uçun 90 dollar olgan. Ayol bölayotgan voqealarni hazil deb öylagan, deb aytmoqda Indoneziyaning Malayziyadagi elçisi örinbosari Andreano Ervin. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.  

"U bu işni undan kim söragani haqida umumiy holda gapirib berdi. Uning aytişiça, u bolalar yoğiga öxşaş modda olgan", deb aytdi gumonlanuvçi bilan uçraşgan Ervin. Ervinning aytişiça, hozirça ayolga heç qanday ayblov e'lon qilinmagan.

Şimoliy Koreya prezidenti Kim Çen Inning akasi Kim Çen Nam 13 fevralda Kuala-Lumpur aeroportida hujumga uçragandan keyin vafot etgan. Malayziya politsiyasi ma'lumotlariga köra, u asab-falajlovçi ta'sirga ega VX zahari yordamida öldirilgan.

Aeroport videokameralaridan olingan ma'lumotlarga köra, marhum ikki ayol tomonidan hujumga uçragan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, ayollardan biri marhumning yuziga zaharli modda bilan töyintirilgan daströmol otgan. Şuningdek, ayollar Kim Çen Namni zaharlangan ignalar yordamida öldirganlar, degan taxmin ham bor.