Turkiya Suriya hududidan Manbij olinmagunça va öz çegaralari yaqinida xavfsiz hudud barpo qilinmagunça ketmaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti maslahatçisi Ilnur Çevik ma'lum qilgan.
"Manbij va uning atrofidagi hududning 80 foizi Kurd işçilar partiyasi jangçilari nazoratida bölib turibdi. Turkiya arablarni Manbijga qaytariş va hududni kurd jangarilaridan tozalaş uçun barça işni qiladi. Manbij egallangaç, Turkiya Suriyadagi harbiy amaliyotini yakunlaydi", — degan Çevik Turkiya va Rossiya munosabatlariga bağişlangan konfererntsiya vaqtida.
U Turkiya özining janubiy çegaralarida 90 kilometrlik masofada xavfsiz hudud barpo qilinişiga erişmoqçi ekanini qöşimça qilgan.
"Lataqiya esa biz uçun muammo emas. Lataqiya hamişa Suriya hukumatida bölib kelgan. Rossiya biz uçun döst davlat, biz Lataqiyada ruslarning harbiy bazasi bölişiga qarşi emasmiz. Aksinça, u yerda ruslarning bölişi mintaqadagi barqarorlikni ta'minlaydi", - degan Çevik.


















