Ukraina içki işlar vaziri Arsen Avakov TSN’ga bergan intervyusida Donbassni tezlik bilan qaytariş borasida “aniq reja” borligini ma'lum qildi.

- Men uşbu vaziyat yuzasidan iş olib borayotgan diplomatlarimizning aniq rejalari bilan tanişman. Men, xususan amaliyotçi sifatida terrorçilikka qarşi amaliyot (ATO) hududida köp vaqt böldim, u yerda nimalar yuz berayotganini tuşunaman, hamda bunda iştirok ham etmoqdaman, - deya ta'kidlab ötdi Avakov.

“Biz şunday vaqt oraliğida turibmizki, bunda uşbu masalani tezkorlik bilan, harbiy emas, balki diplomatik yöl orqali hal qiliş mumkin”, degan Arsen Avakov Donbassdagi mojaro haqida

Şu bilan bir qatorda, Avakov Kiyev va Moskva munosabatlarining yaxşilanişi rejasi haqida aytgan deputat Andrey Artyomenkoning bayonotini tanqid qildi. Reja Qrimni Rossiya Federatsiyasiga ijaraga berişni nazarda tutadi.