Yaqinda Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universitetining iqtisod fani öqituvçisi Raufxon Salaxöjayev dunyoning 100 ta eng kuçli yoş iqtisodçisi reytingidan joy oldi. Research Papers in Economics taşkiloti tomonidan tuzilgan mazkur nufuzli reytingda hamyurtimizning 32-poğonani egallagani quvonarli holat, albatta.

Hali öttiz yoşni qarşilamagan bölişiga qaramay, Raufxon makroiqtisoddagi yangi yönaliş «Iqtisodiy ösişning çuqur omillari» böyiça tadqiqot olib borayotgan kam sonli olimlardan.

Yoş olim, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat olib boradi.

Bugun aynan Raufxon bilan suhbat qurib, qahramonimiz bilan yaqinroq tanişişga, uning iqtisod sohasidagi qaraşlari, kasbiy faoliyati, şuningdek, qiziqişlari, içki olami bilan örtoqlaşişga harakat qildik. 
 
Tanişing: Salaxöjayev Raufxon Farhodxonoviç 

Tuğilgan sanasi: 19 iyun 1987 yil, Namangan viloyati, Kosonsoy tumani. 

Qayerda tahsil olgan: 

2002-2003 yil — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoşidagi akademik litseyi. 

2003 yilda Future Leaders Exchange (FLEX) program dasturidan muvaffaqiyatli ötib, ikki yil davomida Texas (AQŞ) ştati, Ostin şahridagi Anderson High School maktabida tahsil oladi. 

2005 yilda Namangan şahridagi Döstlik akademik litseyini tamomlab,Toşkent Moliya institutiga davlat granti asosida öqişga kiradi.  

2010 yilda Edmund Muskie stipendiyalar dasturi sohibiga aylanib, Nyu-York Davlat universitetiga öqişga qabul qilinadi. 2012 yilda Kornel universitetining (AQŞ) Mehnat munosabatlari fakultetida malaka oşiradi. 

- Dunyoning eng kuçli yoş iqtisodçilaridan biri ekanligingizni bilganingizda, nimalarni his etdingiz?