Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universitetining iqtisod fani öqituvçisi Raufxon Salaxöjayev dunyoning 100 nafar eng kuçli yoş iqtisodçisi reytingidan joy olgandi. Research Papers in Economics taşkiloti tomonidan tuzilgan mazkur nufuzli reytingda u 32-poğonani egallagan edi.
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan Raufxon Salaxöjayevga Toşkent şahri markazidan hovli berilgan.
Raufxonning sözlariga köra, uy 11 mart kuni prezident sovğasi sifatida taqdim etilgan.
"Bu sovğa avvalambor, men uçun yanada köproq mehnat qiliş, kelajakdagi yangi ilmiy ğalaba, yutuqlar uçun bor kuçimni bağişlaşga katta rağbat böladi. Bu orqali butun dunyo Özbekistonda davlat va rahbarlar qadrlaydigan olimlar borligini yanada yaxşiroq bilib oladi. Kutilmaganda taqdim etilgan bu uyni meni doim qöllab-quvvatlaydigan ota-onam, oila a'zolarimga sovğa qilaman", — deydi Raufxon Salaxöjayev Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida.
Avvalroq, Kun.uz naşri dunyoning eng kuçli va yoş iqtisodçilaridan biri bölgan Raufxon Salaxöjayev bilan maxsus intervyu tayyorlagandi.
Özbek iqtisodçisi dunyoning eng kuçli yoş iqtisodçilari reytingidan joy oldi

















