Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qirg‘iziston byudjyetini barqarorlashtirish uchun 225 mln dollar ajratdi
Foto:RIA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Qirg‘iziston muzokaralari yakuni bo‘yicha ushbu mamlakatga byudjyetni barqarorlashtirish uchun grantlarning umumiy miqdori 225 million dollarni tashkil etganini xabar berdi. Bu haqda «Rossiya 24» telekanali xabar bermoqda.
«Rossiya Qirg‘izistonga byudjyetni barqarorlashtirish maqsadida ko‘mak bermoqda: tegishli grantlarning umumiy miqdori bugungi kunda 225 million dollarni tashkil qildi», - dedi u.
Putinning aniqlik kiritishicha, Rossiya Qirg‘izistonga shuningdek Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga moslashish jarayonida faol ravishda yordam bermoqda.
«Qirg‘iz tomoniga 200 million dollarlik yordam taqdim etildi, shu jumladan bojxona infratuzilmasi obektlarining modernizatsiyasi va chegara oldidagi punktlarni tartibga keltirish uchun», - qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Putinning ta'kidlashicha, respublikada amaldagi Rossiya va Qirg‘izistonning rivojlanish fondi tufayli umumiy qiymati 200 million dollardan ko‘proq bo‘lgan loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
15:03 / 30.04.2026
Tramp Putin bilan gaplashdi
18:24 / 29.04.2026
Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumonlanmoqda
14:26 / 29.04.2026