Trampga IShID ustidan g‘alaba qozonish rejasi taqdim etildi
AQSh mudofaa vazirligi Donald Trampga IShID terrorchilik guruhi bilan Suriya va Iroqdagi kurash bo‘yicha boshlang‘ich rejani taqdim etdi. Strategiya AQSh prezidenti topshirig‘idan bir oy o‘tib tayyorlandi, deb xabar bermoqda CNN Pentagon vakillariga asosan.
Reja haqida batafsil ma'lumot yo‘q, biroq telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, strategiyada Suriya shimoliga quruqlikdagi qo‘shinlarni tashlash ehtimoli bor. Ular AQSh ittifoqchilari jangi taktikasini muvofiqlashtirib, artilleriyani yetkazib beradi, biroq o‘zlarining janglarda qatnashishi taqiqlanadi. Telekanal jurnalistlarining taxminicha, bunday qaror AQSh ishtirokini terrorchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga qadar kengaytirish bo‘yicha tayyorgarlik ham bo‘lishi mumkin.
AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettisning CNN bilan muloqotda ta'kidlashicha, u rejaga quruqlikdagi qo‘shinlarning to‘laqonli kiritilishi borasidagi bandni qo‘shmaslikni so‘ragan. Biroq mahkama rahbarining ma'lum qilishicha, AQSh IShID bilan kurash kampaniyasini kengaytirishni rejalashtirgan hamda ayni damda harbiy variantlar ustida ish olib bormoqda.
23 fevral kuni AQSh QK shtablar boshliqlarining Birlashgan qo‘mitasi raisi general Jozef Danford IShID bilan kurash bo‘yicha yangi reja haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning fikricha, strategiyada terrorchilarni Suriya, Iroq, Yaman, Liviya va Afg‘onistonda yo‘qotish taktikasi bo‘lishi kerak. Shuningdek uning ta'kidlashicha, AQSh Turkiyaning Suriyadagi IShIDga nisbatan harbiy pozitsiyasini o‘rganib chiqishi kerak.
2017 yilning 23 fevral kuni esa The Washington Post nashri o‘z nomini oshkor etmagan manbalarga asosan AQSh IShIDni yo‘q qilish bo‘yicha yangi reja doirasida Rossiya va Turkiya bilan munosabatlarni mustahkamlashi mumkinligini xabar berdi.
2017 yilning 3 fevralida The Washington Post Tramp ma'muriyati Barak Obamaning Suriyadagi Raqqa shahrini ozod etish bo‘yicha rejasidan voz kechganini ma'lum qildi. Taxminlarga ko‘ra, maslahatchilar rejani amaliyot davomida Rossiya va Turkiya bilan hamkorlik strategiyasi yaxshi o‘ylab chiqilmagani tufayli tanqid ostiga olishgan.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024