Toşkentning Muqimiy va Bunyodkor köçalari kesişmasida yöl ötkazgiç qurilişi munosabati bilan 11 fevral kuni yopilgan çorraha transport harakati uçun oçilmayapti. «Toşşahartransxizmat» xabariga köra, çorrahaning oçiliş muddati 10 martga qoldirilgan.
«Muqimiy va Bunyodkor köçalari kesişmasida yöl ötkazmasi qurilişi munosabati bilan yopilgan çorrahaning transport harakati uçun oçilişi 2017 yil 10 martga köçirildi. Tirbandlikni keltirib çiqarmaslik maqsadida, sizlardan quriliş vaqtida boşqa köçalardan foydalanişingizni söraymiz», deyilgan xabarda.
Unda şuningdek, yuzaga keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söralgan.
Qayd etiş kerakki, avvaliga bu çorraha 23 fevralgaça yopilgani ma'lum qilingandi. Ammo keyin uning oçiliş muddati 1 mart kuniga köçirildi.
Bunyodkor va Muqimiy köçalari kesişuvida, metroning «Novza» bekati yaqinida yangi köprik qurilişi 2016 yilning 16 sentabridan boşlangan edi. Uning umumiy uzunligi 900, balandligi 6 metrga teng, 6 polosali yölning kengligi 24 metrni taşkil etadi. Yöl ötkazgiçning ikki tomonida piyodalar uçun umumiy uzunligi 131,6 metr bölgan ikkita yer usti ötiş yölagi ham barpo etilmoqda. Yöl ötkazgiç Navröz bayramida foydalanişga topşirilişi kutilmoqda.


















