Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Rossiya yordamida o‘z armiyasini kuchaytirmoqchi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va respublika qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Raimberdi Duyshenbayev kelgusida mamlakat armiyasi salohiyatini hamkor davlatlar ko‘magida oshirish masalasini muhokama qildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar bergan.
"Prezident Almazbek Atambayev va Qurolli kuchlar bosh shtabi rahbari Raimberdi Duyshenbayev Qirg‘iziston armiyasi salohiyatini oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi", deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, hafta boshida Bishkekka Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashrif buyurgandi. Tashrif davomida ikki davlat rahbari harbiy-texnik hamkorlik masalasini ham muhokama qilgandi. Muzokaralar yakunida Atambayev jurnalistlarga "prezidentlar armiyaning mustahkamlanishi va Rossiyadan zarur texnikalar yetkazilishi" masalasi muhokama etilganini bildirdi.
Mavzuga oid
18:20
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026