Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 9 fevral kuni içki işlar organlari faoliyati tizimida mavjud muammo va kamçiliklar, istiqboldagi vazifalarga bağişlangan yiğilişida xaftaning payşanba kunini jinoyatçilikning oldini oliş va profilaktika kuni deb elon qilindi.

Ana şunday profilaktika uçraşuvlaridan biri Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida ötkazildi. Unda Navoiy viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari, Navoiy şahar IIB xodimlari, Navoiy şahar imom-xatibi hamda kollej öqituvçi va öquvçilari iştirok etişdi. Uçraşuv uçun bugunning dolzarb mavzulari - odam savdosi, narkotik moddalarning oğir oqibatlari, diniy ekstremizm tanlandi.

Bu tarzdagi uçraşuvlardan yana biri Navoiy viloyati Karmana tumani hududidagi 27-umumiy örta ta'lim maktabida ötkazildi. Unda yoşlar orasida giyohvand vositalari tarqalişiga qarşi kuraşiş hamda behayolik, zöravonlik va şafqatsizlikni tarğib qiluvçi materiallarni tayyorlaş, tarqatiş va mamlakatimizga olib kirişni oldini oliş borasida söz bordi.

Galdagi uçraşuv esa Karmana tumani “Sardoba” mahalla fuqarolar yiğinida taşkil etildi. Unga mahalla faollari va şu mahallada istiqomat qiluvçi fuqarolar taklif etildi.

Barça uçraşuvlarda Davlat bojxona qömitasi Axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan va televideniye orqali körsatilgan  “Köngildagi qora doğlar” körsatuvi namoyiş etildi. Iştirokçilar körsatuvdan özlariga tegişli xulosalar çiqardilar.

N.Raxmonova
Navoiy viloyati
bojxona boşqarmasi 
Axborot xizmati