Toşkent şahridagi Amir Temur maydonini Ohangaron yöli bilan boğlaydigan Taraqqiyot köçasi endilikda turkman şoiri Maxtumquli nomi bilan ataladi. «Gazeta.uz» naşri Toşkent şahri hokimiyatiga asoslanib bergan xabarga köra, köça qaytadan nomlangan.

Ma'lum qilinişiça, xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi şaharda Maxtumquli nomini abadiylaştiriş taklifini 1 mart kuni tasdiqlagandi.
Qayd etiş kerakki, Özbekiston poytaxtining Mirobod va Yaşnobod tumanlaridan ötgan köça nomi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amalga oşiradigan davlat taşrifi arafasida özgartirildi. Özbekiston prezidenti 6-7 mart kunlari Turkmanistonda böladi.

















