Kiçik halqa avtomobil yölining Maxtumquli köçasiga tutaşgan qismida rekonstruksiya işlari yakunlandi. Endi Maxtumqulidan KHAYga çiqiş öngga buriliş orqali taşkil etildi. KHAYga çiqqanda ham öngga, ham çapga buriliş imkoniyati mavjud.

Yaşnobod tumanida Kiçik halqa avtomobil yölining Maxtumquli köçasiga tutaşgan qismini qayta quriş işlari nihoyasiga yetkazildi, deb xabar beradi Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, poytaxt hokimligi huzurida taşkil etilgan «Toşkent invest kompaniyasi» AJ mutaxassislari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda transport oqimini ölçab, örganib çiqqan hamda tahlil qilgan. Obekt qurilişi böyiça muhandislik-texnik yeçim şahar YHXBB va China Construction bilan hamkorlikda işlab çiqilgan.

Endi Maxtumquli köçasidan Kiçik halqa avtomobil yöliga çiqiş temiryöl va avtomobil köpriklari ostida ötgandan söng, öngga buriliş orqali amalga oşiriladi. KHAYga çiqişda ham öngga, ham çapga (svetofor yordamida) buriliş mumkin. Ilgari amalda bölgan Maxtumqulidan KHAYga çapga buriliş esa yopiq.

Kiçik halqa avtomobil yölidan Toşkent tibbiyot akademiyasi tomon çiqiş esa endi yöl ötkazgiç yonidan emas, balki undan oldinroq boşlanadi.

«Hudud piyodalar ehtiyojlarini inobatga olgan holda obodonlaştirilmoqda, imkoniyati çeklangan şaxslar uçun qöşimça qulayliklar yaratildi», — deyiladi xabarda.