AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson 3 mart kuni jahonda inson huquqlarining joriy holati haqidagi ma'ruzani taqdim qildi. Bu hujjat Tillersonning yangi lavozimidagi bu turdagi ilk hujjati böldi.
"Inson huquqlari haqidagi ma'ruza AQŞning erkinlik, inson qadr-qimmati va global farovonlik ğoyalarini ilgari surişga qat'iy sodiqligini namoyiş qiladi", deb yozgan Tillerson ma'ruza söz boşida.
"Inson huquqlari va boşqaruvning demokratik şakllarini ilgari suriş AQŞ taşqi siyosatining muhim unsuridir. Bu qadriyatlar barqaror, xavfsiz, yaxşi faoliyat yurituvçi jamiyatga zarur poydevorni yaratadi. Inson huquqlarini himoya qiliş bu AQŞning faqat ma'naviy majburiyatigina emas, balki u AQŞning manfaatlariga mos keladi va bu dunyoni barqaror va xavfsizroq qiladi", deb qöşimça qilgan AQŞ davlat kotibi.
Ma'ruzada taxminan 200 ta davlat böyiça ma'lumot töplangan.

















